
«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Ronaldino «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Men, Deku va «Barsa»ning to'liq tarkibi Leoni o'smirlik paytidanoq kuzatib kelardik. O'shandayoq u eng zo'r futbolchi bo'lishini kutardik. Aslida Leo maslahatga muhtoj emas. Men unga bergan yagona maslahatim: «Zavq va erkinlik bilan o'yna. Shunchaki to'pni oyog'ingda ushla va qolgani o'zi keladi» bo'lgandi. Uning misolida do'stlarimiz o'z orzulariga erishayotganini ko'rish yoqimli. U haqiqatan ham meni xursand etadi», – dedi Ronaldino.
Fikrlar 0