La Liga Vinisius Juniorga qarshi irqchilik yuzasidan politsiyaga murojaat qildi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, liga 11-turdan o'rin olgan "Barselona" - "Real" (1:2) uchrashuvidan so'ng olib borilgan surishtiruv natijalariga ko'ra, huquq-tartibot idoralariga bayonot yuborgan, unda tomoshabinlarning kamsituvchi xatti-harakatlari aks etgan bir nechta videolavhalar mavjud.

La Liga politsiyadan braziliyalik vingerni haqorat qilganlarni aniqlashda yordam berishini kutmoqda.