«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski shanba kuni Anoetada «Real Sosedad»ga qarshi jamoaning navbatdagi o'yiniga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Kataloniyaliklar etakchisi hafta oxiri safga qaytadi.

Levandovski o'yinda jarohatidan qaytdi, ammo «el-klasiko»da so'nggi 30 daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Hozir xabar qilinishicha, polshalik futbolchi shanba kungi o'yinga «100%» tayyor bo'ladi va Xavining asosiy tarkibiga qaytishi mumkin.