
"Napoli" qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya jurnalist tomonidan berilgan "Barselona"mi yoki "Real" degan savolga javob berdi.
"Bilmayman, bilmayman.. Har ikkisi ham. Ikkala jamoa ham ajoyib. Mening ilk yoqtirgan futbolchim "Real"dan Guti edi.
Do'stlarim bilan yoshligimizda Tbilisida o'ynaganimizda, biz oq ko'ylak kiygan edik va men uning ismini ko'ylagimga yozib olganman”, - deya Kvaratsxeliya so'zlarini keltirgan Marca.
Fikrlar 0