
Huquqlari «Barselona»ga tegishli bo'lgan 33 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, futbolchini o'z safiga «PSJ» qo'shib olmoqchi. Parij klubi ustozi Luis Enrike tajribali yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashning asosiy tashabbuskori hisoblanadi.
Gyundogan o'tgan yozda «Manchester Siti»dan «Barsa» lageriga ko'chib o'tgandi. Ilkayning kataloniyaliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Yarim himoyachining transfer qiymati 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar 0