UEFA o'tgan yilgi moliyaviy hisobotni buzgani uchun «Barselona»ning 500 ming evro miqdoridagi jarimasini o'z kuchida qoldirishga qaror qildi.

Kataloniyaliklarning murojaati tashkilot tomonidan rad etilgan.

Yozda UEFA «Barsa»ni 2022 yili nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan foyda (o'yinchilar transferidan tashqari) haqida xato hisobot bergani uchun yarim million evro jarimaga tortgandi.