"El Chiringuito" jonli efirida "Okdiario" nashri direktori Eduardo Inda Lionel Messining "Barselona" ga Neymarni qaytarib berishga Shart qo'yganini aytdi.   "Messi Grizmanni ko'rishni ham istamaydi. U Neymarning qaytishini istaydi. Agar bu amalga oshmasa, Lionel klub bilan shartnomani bir tomonlama buzish imkoniyatidan foydalanishga tayyor », - dedi Inda.