"Barselona" barcha musobaqalardagi so'nggi uchta o'yinning ikkitasida mag'lub bo'ldi.

Xavi shogirdlari bugun Chempionlar ligasida “Shaxtyor”ga (0:1) imkoniyatni boy berishdi. 28 oktyabr kuni ular La Ligada "Real"dan mag'lub bo'lgandi (1:2).

Ushbu uchrashuvlar oralig'ida "blaugrana" ikkinchi bo'limning qo'shib berilgan vaqtida Ronald Arauxoning goli evaziga "Real Sosedad"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi (1:0).

Navbatdagi o'yinda "Barselona" 12 noyabr kuni "Alaves"ni qabul qiladi.