Xavi qo'l ostidagi "Barselona" evrokuboklardagi o'yinlarning 35 foizida g'alaba qozongan.

Bugun “blaugrana” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Ispaniyalik mutaxassis kataloniyaliklarni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub Chempionlar ligasida 5 g'alaba, 2 durang va 5 mag'lubiyat, Evropa ligasida esa 2 g'alaba, 4 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Barselona” 28 noyabr kuni “Portu”ga qarshi o'ynaydi.