Kataloniyaning «Barselona» klubi 35 yoshli polshalik markaziy hujumchi Robert Levandovskining o'yinidan norozi. Bu haqda DeadlineDayLive o'z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Jurnalistlarning yozishicha, «ko'k-anorranglilar» Levandovski o'rniga yoshroq hujumchi bilan shartnoma imzolashga qaror qilishgan.

Bu borada tajribali to'purar Kataloniya grandini tark etishi mumkin. Robertda faoliyatini Saudiya Arabistoni va MLSda davom ettirish imkoniyatlari bor.