"Jirona" La Liganing yagona peshqadami bo'lib qolmoqda.

13-turda Mishel Sanches boshchiligidagi jamoa "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi (2:1) va La Ligadagi qatorasiga 5-g'alabasini qo'lga kiritdi.

“Jirona” 34 ochko bilan chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bitta zaxira o'yini bilan "Real" Kataloniya jamoasidan 5 ochko, "Barselona" 7 ochko ortda qolmoqda. Zaxirada ikkita o'yin bor "Atletiko" "Jirona"dan 9 ochko ortda qolmoqda.