Bernardu Silva FourFourTwo portali tomonidan dunyoning eng yaxshi markaziy yarim himoyachisi deb topildi.

"Manchester Siti" futbolchisi Britaniya jurnali tuzgan reytingda birinchi o'rinni egalladi.

"Bernardu - futboldagi yagona, tez-tez uchramaydigan o'yinchi. Ba'zi murabbiylar bunday o'yinchiga faqat bitta vazifa qo'yadilar, ammo Pep Gvardiola Silvadan hamma narsani maydonda qilishini xohlaydi. Va u bunga qodir" - deyiladi tavsifda.

Ikkinchi o'rin “Atletiko Madrid”ning nominal hujumchisi Antuan Grizmanga nasib etdi.

"U o'zini pleymeyker sifatida qaytadan kashf etdi va ilgari zarba berish uchun ochiq maydon topganidek, endi u o'sha joylarda o'z jamoadoshlarini topmoqda. So'nggi paytlarda u butunlay boshqa rolda "Atletiko"ning dvigateli, fantaziyasi va tumoriga aylandi", - deyiladi izohda.

Eng yaxshi o'nta markaziy yarim himoyachilar quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Bernardu Silva, «Manchester Siti».

2. Antuan Grizmann, «Atletiko».

3. Ilkay Gyundogan, «Barselona».

4. Pedri, «Barselona».

5. Uorren Zair-Emeri, «PSJ».

6. Entso Fernandes, «Chelsi».

7. Gavi, «Barselona».

8. Luka Modrich, «Real Madrid».

9. Granit Djaka, «Bayer».

10. Federiko Valverde, «Real Madrid».