«Marsel» hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Barselona»dagi davrini esladi.

«Barselona»dagi 6 oy faoliyatimdagi eng yaxshi davr bo'ldi. Boshqa klublarda men futbol o'ynashni va mashg'ulotlarga borishni yoqtirmasdim.

Biroq u erda hatto dam olish kunlari ham jamoa bilan mashg'ulotlarga bordim. Bu ko'p narsani bildiradi. Bu aql bovar qilmas ish», - deya Obameyangning so'zlarini keltiradi Onze Mondial.

Per-Emerik Obameyang 2022 yilda «Barselona»da o'ynagan. Kataloniya klubi safida 24 ta o'yinda gabonlik hujumchi 13 ta gol urgan va jamoadoshiga bitta golli uzatma bergan.