«Manchester Yunayted» jamoa himoya chizig'ini kuchaytira oladigan futbolchilarni topish ustida ishlamoqda.

The Sun xabariga ko'ra, «qizil iblislar» «Barselona»ning sobiq futbolchisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli himoyachi hozirda «Nitstsa» sharafini himoya qilmoqda. Todiboning transfer narxi 35 million funt (40 million evro) atrofida bo'lishi mumkin.

2023/2024 yilgi mavsumda Jan-Kler Todibo 11 o'yin o'tkazib, o'z sherigiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ygan. «Nitstsa» ayni damda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.