Argentina terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Xorxe Valdano “Barselona”ning sobiq ustozi Xosep Gvardiolani futbol rivojini sekinlashtirayotgani uchun hazil tariqasida fikr bildirgan Lionel Messining so'zlarini qo'llab-quvvatladi. Valdano o'sha suhbat davomida Messining suhbatdoshi bo'ldi.

"To'g'ri, hatto ikkinchi yoki uchinchi ligada ham ba'zida markaziy himoyachining oldinga yugurayotganini ko'rish mumkin", - deya Xorxe Valdanoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ITASportPress nashri.

Eslatib o'tamiz, hozirda Angliyaning “Manchester Siti” klubini Pep Gvardiola boshqaradi.