«Barselona» dushanba kuni yarim himoyachi Gavining tizzasidan jiddiy jarohat olganini tasdiqladi.

Xabaringiz bor, 19 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan Ispaniya va Gruziya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan edi.

Jurnalist Xavi Migelning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Gavi jarohatidan forig' bo'lishi uchun etti oydan to'qqiz oygacha vaqt ketadi.

Shu tariqa yarim himoyachi nafaqat mavsumning qolgan qismini, balki Evropa chempionatini ham o'tkazib yuboradi. Qolaversa, Gavi olimpiyadada Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qila olmaydi.