«Nitstsa» himoyachisi Jan-Kler Todibo yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» libosida ko'rinish berishi mumkin.

TodoFichajes xabariga ko'ra, «qizil iblislar» Todibo uchun 40 million evro to'lashi mumkin.

Jan-Kler Todibo avvalroq «Barselona»da o'ynagan. Agar 2023/2024 yilgi mavsumni oladigan bo'lsak, 23 yoshli himoyachi «Nitstsa» safida 11 ta o'yin o'tkazib, o'z sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirgan.