"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino qarzlari tufayli mulkining bir qismini yo'qotishi mumkin.

Mail Sport nashri xabariga ko'ra, mashhur sobiq futbolchi Braziliya soliq idoralaridan ma'lum miqdorda qarzdor. Ma'lum qilinishicha, 43 yoshli Ronaldinodan qarzini to'lash uchun ikkita yirik ko'chmas mulk olib qo'yilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi faoliyati davomida Evropaning etakchi klublarida, jumladan, “Barselona”, “PSJ” va “Milan” klublarida o'ynagan.

Aytish joizki, Ronaldino 2005 yilda qo'lga kiritgan "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi.