"Barselona" yarim himoyachisi Gavi 28 noyabr kuni operatsiya qilinadi.

Ma'lum qilinishicha, uni avvalroq Karles Puyol, Filipp Koutino, Martin Breytueyt va Aleksiya Putelyaslarni operatsiya qilgan doktor Joan Karles Monllau amalga oshiradi.

19 yoshli yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi va Gruziya terma jamoasi o'rtasidagi o'yinda (3:1) tizzasidan jarohat oldi.

Futbolchi 7-9 oyni o'tkazib yuborishi mumkin. U mavsumning qolgan qismida "Barselona"da o'ynamaydi va Evro-2024ni o'tkazib yuboradi.