
Kataloniyaning «Barselona» klubi «Jirona» yarim himoyachisi Savinoga e'tibor qaratmoqda, uni shuningdek, «Manchester Siti» ham diqqat bilan kuzatmoqda.
Jurnalist Xoakim Piera bergan ma'lumotlarga ko'ra, vingerga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Qanday bo'lmasin, «ko'k-anorranglilar» uchun 19 yoshli iqtidorning transferini rasmiylashtirish qiyin bo'ladi, chunki «Manchester Siti» uni qo'yib yubormoqchi emas.
Gap shundaki, «Jirona» «shaharliklar» tizimiga tegishli. Savino bo'yicha kelishuvni yakunlash inglizlar uchun qiyin bo'lmaydi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0