
«Barselona»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning ishini yuqori baholadi.
«Xavi «Barselona»ga klub uchun juda og'ir vaqtda keldi va qisqa vaqt ichida ajoyib natijalarni ko'rsata oldi.
U juda yosh murabbiy. «Barselona» uning DNKsida bor», – dedi futbolchi.
Mutaxassisning fikricha, Xavi tajribali futbolchilarni yosh futbolchilar bilan birlashtirgan jamoa tuza oldi. Uning barcha g'oyalarini hayotga tatbiq etishi uchun biroz vaqt kerak bo'ladi, deya qo'shimcha qildi argentinalik futbolchi.
Fikrlar 0