
Mavsum oxirida Joau Feliksni sotib olish «Barselona» uchun ustuvor vazifa bo'lmaydi. Bu haqda El Chiringuito TV telekanali jurnalistlari ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, «Barselona» Feliksni yana ijaraga olishga yoki 20-30 million evroga sotib olishga tayyor, biroq bundan ortig'i klubga to'g'ri kelmaydi. Avvalroq, matbuotda «Atletiko» 24 yoshli portugaliyalikni kamida 70 million evroga sotishga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Joau Feliks «Barselona» safida 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0