
Leverkuzenning «Bayer» klubi yarim himoyachisi Florian Virts «Barselona»ning transfer maqsadi, deya ta'kidlaydi Todofichajes.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli germaniyalikni qo'lga kiritish «ko'k-anorranglilar» uchun kelgusi transfer oynalaridagi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Potentsial tranzaktsiya qiymati 85 million evroga baholanmoqda. Florianning «farmatsevtlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikrlar 0