
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqinda Ispaniya terma jamoasi tarkibida tizzasidan jiddiy jarohat oldi. 19 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini va 2024 yilgi Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.
Bugun “Barselona” futbolchilari Gavini qo'llab-quvvatlashdi – ular "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinga “Biz sen bilanmiz, Gavi” yozuvi yozilgan liboslarda maydonga chiqishdi.
Ayni paytda "Barselona" safarda "Rayo Valekano"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.
Fikrlar 0