«Barselona» barcha musobaqalarda so'nggi beshta o'yinning faqat ikkitasida g'alaba qozongan.

Xavi shogirdlari bugun Ispaniya chempionatining 14-turida «Rayo Valekano» bilan durang o'ynadi (1:1).

28-oktyabrdan buyon kataloniyaliklar «Real Sosedad» va «Alaves»ni mag'lub etdi, «Real» va «Shaxtyor»ga imkoniyatni boy berishdi.

28 noyabr kuni «ko'k-anorranglilar» Chempionlar ligasida «Portu»ni, 3 dekabr kuni esa La Ligada «Atletiko Madrid»ni qabul qiladi.

10 dekabr kuni chempionatning amaldagi peshqadami «Jirona» bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.