TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev kelajakda "Barselona"da o'ynashni xohlashini tan oldi.

“Kelajakda qaysi jamoada o'ynashni xohlayman? "Barselona"da", - deya Fayzullaevning so'zlarini keltiradi RB Sport.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan yozda “Paxtakor”dan TsSKAga o'tgan edi. 20 yoshli vinger "askarlar" jamoasida 15 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.