Kataloniyaning «Barselona» klubi allaqachon bosh murabbiyi Xavi Ernandesning o'rniga nomzodlarni qidirmoqda.

Sport nashri xabariga ko'ra, klub allaqachon «Real Sosedad» ustozi Imanol Alguasilni asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis 2018 yildan buyon hozirgi jamoasini boshqarib kelmoqda va bu davrda «Real Sosedad» safida Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi.

So'nggi to'rt mavsumda Alguasil o'z klubi bilan ettinchi o'rindan pastga tushmadi. O'tgan mavsumda murabbiy «Real Sosedad»ni Chempionlar Ligasiga olib chiqdi.

Jamoa hozirda Chempionlar ligasida o'z guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi.