"Barselona"ning natijalari oxirgi paytlarda yomonlashdi va bu fonda jamoa va uning bosh murabbiyi Xavi bosimni his qilmoqda.

«Ko'k-anorranglilar»ning yosh murabbiyi agar "Portu"ga qarshi bo'lajak o'yinda xatolik yuzaga kelsa, uning pozitsiyasi xavf ostida qolishini biladi.

Bu haqda Transfer Live portalining mashhur jurnalisti Xavi Migel xabar bermoqda.

28-noyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida “Barselona” va “Portu” o'zaro to'qnash keladi. Hozirda jamoalarning aktivlarida to'qqiz ochko bor.