"Barselona" futbolchisi Gavi operatsiya qilindi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi va Gruziya terma jamoasi o'rtasidagi o'yinda (3:1) tizzasining oldingi xoch bo'g'imlarini yirtib olgandi.

Kataloniya klubi bugun futbolchining bog'lamida muvaffaqiyatli operatsiya qilingani va meniskusga tikuv qo'yilgani haqida xabar berdi.

AS jurnalisti Xavi Migelning yozishicha, futbolchining tiklanishi 8 oydan 9 oygacha davom etadi.