"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ni boshqarayotgan Xavi Ernandesga maslahat bermadi.

Avvalroq, mutaxassis Chempionlar ligasi doirasidagi "Portu" bilan o'yinda ochko yo'qotib qo'ysa, "Barselona"dan haydalishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Xaviga qanday maslahat berardim? U mening maslahatlarimga muhtoj emas, u o'z muammolarini o'zi hal qilish uchun etarli tajribaga ega", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

"Barselona" Ispaniya chempionatida birinchi "Real"dan 4 ochko ortda qolib, 4-o'rinda bormoqda.