Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Joau Kanselu jarohatidan so'ng yaqinda safga qaytgan yarim himoyachi Frenki de Yongni maqtadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq gollandiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish endilikda «ko'k-anorranglilar» rahbariyatining ustuvor vazifasi ekani haqida xabar berilgandi.

«Men sizga Frenki haqida bir narsa aytmoqchiman. De Yong men ko'rgan eng yaxshi yarim himoyachilardan biri.

U o'ynaganda maydonda katta farq seziladi. Biz uning qaytganidan juda xursandmiz», – dedi Kanselu «Portu» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1).