
FourFourTwo portali "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Ushbu ro'yxatda sakkiz karra “Oltin to'p” sohibi Lionel Messi etakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o'rinda "ko'k-anoranglilar"ning afsonaviy yarim himoyachisi, hozirda jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes. Uchinchisi esa yana bir mashhur yarim himoyachi Andres Inesta bo'ldi. To'rtinchi o'rinni niderlandiyalik Yoxan Kroyff, kuchli beshlikni esa braziliyalik Ronaldino yakunladi.
Kuchli o'ntalikka shuningdek: Diego Maradona, Samuel Eto’O, Ronald Kuman, Sezar Rodriges va Mikael Laudrup kirdi.
Eslatib o'tamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"da o'ynagan.
Fikrlar 0