Ansu Fatining jarohati dastlab o'ylaganidek jiddiy emas.

Jurnalist Gilem Balagening yozishicha, qanot hujumchisi avval xabar qilinganidek uch oy emas, taxminan olti haftani o'tkazib yuboradi. Ansu eski jarohat olgan joyini qaytalab olmagan.

Qayd etilishicha, Fati "Brayton" va Premer-ligani yoqtiradi.

Fati huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli va "Brayton"da ijara asosida o'ynaydi. U ingliz klubi safida 14 ta o'yinda 4 ta gol urgan.