
Tez orada, 21 dekabr kuni Evropa sudi Superliga bo'yicha qaror qabul qiladi.
Mohiyatan, UEFAning Evropada klub musobaqalarini o'tkazishni monopoliyaga olish huquqi bor yoki yo'qligini sud aniqlaydi. Qaror Superligaga yo hayot baxsh etadi yoki butunlay yo'q qiladi.
Ispaniyaning Sport nashrining yozishicha, “Barselona” va “Real” Evropa sudi qarorini optimistik tarzda kutishmoqda.
La Liga gigantlari qaror ijobiy bo'lishiga umid qilmoqda.
Fikrlar 0