Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletiko Madrid"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan Joau Feliksni to'liq sotib olmoqchi.

"Marca" xabariga ko'ra, madridliklar rahbariyati 24 yoshli portugaliyalik transferidan 70 million evro ishlab olmoqchi. "Barsa" esa Feliks uchun futbolchi + pul taklif qilish ustida ishlamoqda.

Feliksning bahosi Transfermarkt portalida 50 million evro etib belgilangan. U joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 16 ta o'yinda 4 ta gol urib, 3 ta golli pas berdi.