«Barselona» «Atletiko»dan hujumchi Joau Feliksni sotib olmoqchi, ammo kataloniyaliklar ortiqcha pul to'lamoqchi emas.

TodoFichajes xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» 24 yoshli Feliksning transferi uchun 40 million evro tayyorlamoqda.

Shu bilan birga, «Atletiko» Feliksni sotishdan ko'proq — 60 milliondan 70 million evrogacha daromad olmoqchi ekanligi qayd etilgan.

Joau Feliks «Barselona» safida turli musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazgan. Ularda portugaliyalik to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.