«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Atletiko Madrid»ga qarshi o'yinda Joau Feliksning o'yini haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchi sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi.

«Feliks sobiq jamoasiga qarshi o'ynashdan qo'shimcha motivatsiya olishi kerak. U «Benfika» tarbiyalanuvchisi.

«Portu»ga qarshi o'yinda uning katta ishtiyoq bilan o'ynaganini ko'rish mumkin edi. Joauning jamoaga moslashganidan juda xursandman», - dedi Xavi matbuot anjumanida.