Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionatida «Barselona» bilan o'yin oldidan hujumchi Joau Feliksni muhokama qilishdan bosh tortdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvard bu mavsumda «ko'k-anorranglilar» safida ijara asosida harakat qilmoqda.

«Feliks? Men jamoamda bo'lmagan futbolchilar haqida gapirmayapman», - deya sovuqqonlik bilan javob berdi Simeone matbuot anjumanida.