Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen belidagi muammolarni haligacha hal qilgani yo'q.

Sport nashri xabariga ko'ra, nemis darvozaboni tez orada belini operatsiya qilish uchun operatsiya stoliga yotishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ter Shtegen avvaliga kichik hisoblangan jarohatidan haligacha tiklana olmadi. Nemis futbolchisi «Rayo Valekano», «Portu» va «Atletiko» bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi.