
"Barselona" va "PSJ"ning sobiq hujumchisi Ronaldino hujumchi Kilian Mbappe Parij klubi safida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga umid qilmoqda.
"U kabi buyuk futbolchi istalgan jamoada "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin, ammo men "PSJ"ni yaxshi ko'rganim uchun uning "PSJ"da buni amalga oshirishini istardim.
Umid qilamanki, u g'alaba qozonadi. U yaxshi do'st va ajoyib o'yinchi. Menga uning o'yin uslubi yoqadi" - dedi Ronaldino AFP biln suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Mbappe "Oltin to'p-2023" uchun ovoz berishda 3-o'rinni egallagan edi. Mukofotni Lionel Messi qo'lga kiritdi.
Joriy mavsumda Kilian "PSJ" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0