
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatini davolash uchun jarrohlik amaliyoti boshdan kechiradigan bo'ldi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli germaniyalik posbon bir necha nafar shifokorlar bilan maslahatlashgach, belidagi muammoni operatsiya yordamida hal qilish borasida qaror qabul qildi. Buning oqibatida Ter Shtegen 2-3 oy davomida maydondan tashqarida qoladi.
Mark-Andre Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishtirok etishi borasida xulosa berish qiyin. U yanvar oyida o'tkaziladigan Ispaniya superkubogi bahslarini o'tkazib yuboradi.
Fikrlar 0