
Mark-Andre ter Shtegen operatsiya qilish qaroriga izoh berdi.
Avvalroq, "Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni belidagi muammolarni bartaraf etadigan operatsiyaga rozi bo'lgani ma'lum bo'lgandi. Nemis futbolchisi 2-3 oyni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
“Barselona” tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar bilan intensiv maslahatlashuvlardan so'ng biz operatsiya qilishga qaror qildik.
Tanaffus qilish, albatta, meni bezovta qiladi. Ammo bu "Barselona" va Germaniya terma jamoasiga yaxshiroq formada qaytish uchun to'g'ri va xavfsiz qaror", - deb yozdi ter Shtegen ijtimoiy tarmoqlarda.
Fikrlar 0