"Jirona" bosh murabbiyi Michel "Barselona"ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Hozir men o'zim xohlagan jamoadaman. Bori shu. Men bugunga e'tiborimni qaratganman, chunki men shunday ishlayman. Mening boshim hech qachon kelajak haqida o'ylamaydi", - dedi mutaxassis "Jirona"ning ijtimoiy tarmoqlarida.

“Barselona” Michelni Xaviga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani avvalroq xabar qilingandi.