"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yana qancha vaqt o'ynashini aytdi.

"Men nima yutganim yoki nima qilganim haqida o'ylamayman. Menda hali ham kurashish va g'alaba qozonish uchun motivatsiya bor.

O'ylaymanki, yana 3-4 yil davomida eng yuqori saviyada futbol o'ynay olaman, chunki jismonan o'zimni juda yaxshi his qilyapman", – dedi kataloniyaliklar forvardi.

Avvalroq "Barselona" hujumchisi jamoasining o'yin falsafasi haqida gapirgan edi.