
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi ma'lumot berishicha, klub yaqinda operatsiya qilingan Mark-Andre ter Shtegenning o'rniga boshqa darvozabon xarid qilmaydi.«Ter Shtegenning o'rniga boshqa darvozabon? Yo'q, biz bunday qilmaymiz. Safimizdagi posbonlarga ishonamiz, Inyaki Penya esa yuqori saviyada o'ynamoqda. Shuningdek, Mark-Andre ter Shtegen tez orada safga qaytishiga ishonamiz», — dedi Xavi.Eslatib o'tamiz, ter Shtegen belidan olgan jarohat tufayli operatsiya stoliga yotishga majbur bo'ldi va u noma'lum muddatga safdan chiqdi. Penya 2012 yildan beri «Barselona» tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fikrlar 0