"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, urugvaylik himoyachi yanvar oyida "Bavariya"ga o'tishdan bosh tortgan. Biroq yozda ushbu transfer amalga oshishi ehtimoli bor.

Ayni damda "Bavariya" futbolchini qoniqtiradigan shart-sharoitlar ustida ishlamoqda. Yozgi transferlar oynasi vaqtida Arauxo Tuxelning asosiy transfer nishoniga aylanadi. Murabbiyga ushbu futbolchining nafaqat markaziy, balki, o'ng qanot himoyasida ham o'ynay olishi sifati ma'qul kelgan.

Ronald ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida 9 o'yinda 1 gol urdi.