Ushbu bahsda "Barselona" himoyachisi Markos Alonso qatnashmaydi.

Klub matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, futbolchining belida muammosi bor. Uning qachon safga qaytishi ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Markos bosh murabbiyning ishonchiga kira olmayapti va kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Shu sababli futbolchi ushbu mavsumdan keyin erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.