Mish-mishlarga ko'ra, himoyachi Kleman Langle o'zining himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi bo'lgan "Bavariya"ning radarida. 28 yoshli frantsiyalik futbolchi hozirda ijara asosida "Aston Villa"da o'ynayapti.

Agar “Aston Villa” frantsiyalik futbolchining ijara shartnomasini yanvar oyida bekor qilishga rozi bo'lsa, “Barselona” Langleni “Bavariya”ga 15 million evroga sotishga tayyor bo'ladi.

Avvalroq, futbolchi hech qachon Premer-ligada maydonga tushmagan bo'lsa-da, yanvar oyida "Aston Villa" Langle bilan xayrlashishni istamagani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.