
UEFA Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi yakunlari bo'yicha haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.Ushbu sovrin uchun 4 nafar futbolchi nomzod sifatida saralab olishdi.Robert Levandovski ("Bavariya") — "Tsrvena Zvezda" bilan o'yinda 4ta gol urdi.Keylor Navas ("PSJ") — "Real"ga qarshi o'yinda 11ta seyv namoyish qildi.Lionel Messi ("Barselona") — "Borussiya Dortmund"ga qarshi uchrashuvda 1ta gol urdi, ikkita golga uzatma berdi.Romelu Lukaku ("Inter") — "Slaviya"ga qarshi bahsda 1ta gol urdi, ikkita golga assistentlik qildi.
Fikrlar 0