Madridning «Real» klubi «Jirona»dan o'zining sobiq himoyachisi Migel Guterresni atigi 8 million evroga sotib olishi mumkin.

Diario AS ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi «Jirona»ga sotib yuborilganda, shartnomada aynan shu summa birinchi o'rinda sotib olish varianti sifatida yozilgan.

Manbaning qayd etishicha, Guterresning qolgan klublar uchun tovon puli bor, bu esa 40 million evroni tashkil qiladi.

22 yoshli Guterres himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun «Real» uchun jiddiy variantga aylanishi mumkin.

Klub yozda Ferlan Mendini sotmoqchi, biroq frantsiyalik futbolchining o'rniga hozirda «Bavariya»dan Alfonso Devis asosiy nomzod bo'lib turibdi.